Futzal bo`yicha OKMK futzal jamoasining 26 yoshli o`yinchisi Timur Berdiev avtohalokatga uchrab vafot etdi. Bu haqidagi ma`lumotni «Daryo» manbasi tasdiqladi.
Manbaning tasdiqlashicha, futzalchi 2021 yil 27 fevral, shanba kuni Andijondan Toshkentga Matiz avtomashinasida yo`lovchi sifatida qaytayotgan bo`lgan. Qamchiq dovonida esa Matiz, Nexia va Tico avtomobillari yo`l transport hodisasini vujudga keltirgan. Ushbu to`qnashuv oqibatida Timur Berdiev vafot etgan. Tico’da bo`lgan bir nafar yo`lovchi esa tan jarohati olgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ma`lum emas
Ma`lumot uchun, Timur Berdiev 1995 yil tavallud topgan. Uning futzaldagi faoliyati havaskorlar ligasida boshlangan va «Ardus», «Paxtakor» va OKMK futbol klublari safida to`p surgan. Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, Berdiev 2021 yil qishki transferlar oynasida Bishkekning «Farvater» jamoasiga o`tishi rejalashtirilgan edi.