Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun ertalabdan poytaxtimizdagi «Universal» sport majmuasida karate WKF bo`yicha bolalar va qizlar o`rtasida O`zbekiston chempionati bahslari boshlab yuborildi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo`mitasi, O`zbekiston karate milliy federasiyasi hamda Sport yakkakurashlari bo`yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog`iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 800 nafardan ziyod iqtidorli karatechilar bahslarga kirishdi.
Bugungi bahslarda 8-9 yoshli o`g`il bolalar va qizlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar yakkalik kata va kumite bo`yicha o`zaro musobaqalashdi.
Bolalar va qizlar o`rtasidagi O`zbekiston chempionatining ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o`rinbosari Ravshan Ermatov, Milliy olimpiya qo`mitasi raisi Rustam Shoabduraxmonov, O`zbekiston sport faxrilari kengashi raisi Bahodir Maxsitov va boshqalar ishtirok etdi.
Final janglari tugagach, g`olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal va diplomlar bilan taqdirlandi.
Bugungi musobaqalarning barcha g`olib va sovrindorlari:
Yakkalik kata mashqlari.
9 yoshli qizlar
1. Shomurotova M.
2. Abduraimova Sh.
3. Karimova Sh.
3. Jahongirova Sh.
8-9 yoshli o`g`il bolalar
1. Kushbaev Sh.
2. Komilov K.
3. Rustamjonov K.
3. Qadamov S.
Yakkalik kumite
8-9 yoshli qizlar
1. Rustamova G.
2. Qo`ziboeva Sh.
3. Zokirova M.
3. Nuriddinova M.
8-9 yoshli o`g`il bolalar
1. Jabborov
2. Ismatullaev
3. Isroilov
Musobaqalar ertaga davom ettiriladi.