my5
Sevimli

Farg`onada otasini do`sti bilan yarashtirmoqchi bo`lgan farzand qotilga aylandi

Jinoyat 02.03.2021, 20:03
Farg`onada otasini do`sti bilan yarashtirmoqchi bo`lgan farzand qotilga aylandi

27 fevral kuni soat 19:30 larda 32 yoshli Ahror U., Marg`ilon shahri “Ariqbo`yi” MFY.,da yashovchi 52 yoshli G`ayrat Yu.,ning oldiga kelib, u bilan o`zaro janjallashib, uni qo`l va oyoqlari bilan urib tan jarohati etkazgan. Natijada G`ayrat Yu., olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan, deya xabar berdi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, G`ayrat Yu., tanishi A.O., bilan birgalikda spirtli ichimlik iste`mol qilib, mast holatda G`ayrat Yu.,ning uyiga kelib u erda janjallashib qolishganliklaridan A.O.,ning o`g`li Ahror U. xabar topib otasi bilan yarashtirib qo`yish maqsadida mast holatdagi G`ayrat Yu.,ni uyiga kelib uni olib ketmoqchi bo`lgan vaqtida o`zaro janjallashib qolganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Ahror U.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Qasddan badanga og`ir tan jarohati etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Шарҳлар