Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi. Bu haqda uning Twitter’dagi xabariga asoslanib «RBK» ma`lum qildi.
Zelenskiy Hindistonda AstraZeneca tomonidan ishlab chiqarilgan Covishield vaksinasi bilan emlandi. Prezidentning so`zlariga ko`ra, u vaksinani «askarlar bilan old qatorda turadigan bosh qo`mondon singari birinchilardan bo`lib» qabul qildi.
Ma`lumot uchun, 2020 yilning noyabr oyida Vladimir Zelenskiyda koronavirus aniqlangan. Zelenskiyning o`zi ham Facebook’dagi sahifasida COVID-19’ga testi ijobiy chiqqanini tasdiqlagan. O`shanda prezident o`zini yaxshi his qilayotganini va ishlashda davom etib, kasallikni engib o`tishiga ishonishini ta`kidlagan.