«Hukumat soati»da deputatlar OTM talabalarni turar joylar bilan ta`minlash borasida olib borilayotgan ishlarni muhokama qildi. Xalq vakillarining savollariga oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov javob berdi. Vazir o`z nutqida Yunusobodda ijarada turgan 5 nafar talabaning o`limi haqida to`xtadi.
Tergov surishtiruv jarayonlari hali tugamadi. Lekin barcha rektorlar janoza tadbirlarida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy, ma`naviy yordam berdi, barcha jamoasi bilan yonida bo`ldi. Noxush holatga rektorlar befarq emas, qat`iy nazoratga olingan», deya vazirning so`zlaridan iqtibos keltirmoqda «Xalq so`zi».
Ma`lumot uchun, joriy yilning 27 fevral kuni Toshkent shahrida ijarada yashab kelgan 5 nafar talabaning murdasi o`tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan edi.