Afg`onistonning Jalolobod shahrida uch ayol jurnalist qurolli shaxslar tomonidan otib o`ldirildi. Hozircha qotillarning shaxsi noma`lum, deya xabar qildi BBC.
Rasmiylarning ma`lum qilishicha, shahardagi ishchilar sodir bo`layotgan qotilliklar sabab qo`rquv va sarosimada yashamoqda.
O`ldirilgan jurnalistlar taxminan 18-20 yosh atrofida bo`lgani taxmin qilinmoqda. Ular maktabning dublyaj bo`limida ishlagan o`rta maktab bitiruvchilari edi.

Afg`oniston manbalari ma`lumotiga ko`ra, ayollar ishdan uyga qaytayotganda o`ldirilgan. Yana bir ayol og`ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga joylashtirilgan.
Otishma Tolibon guruhi tomonidan uyushtirilgan bo`lishi mumkin. Ammo tolibonlar hujumga aloqasi yo`qligini aytmoqda.





