O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun kunduz kuni Eron hududlaridan iliq va deyarli nam havo massalari kirib kelishi davom etadi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shimolda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 12-17° iliq, shimolda 3-8° iliq atrofida bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-17° iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-8° iliqni tashkil etadi.