my5
Sevimli

Farg`onada qaynota haddidan oshib ketgan kelinini pichoqladi

Jinoyat 04.03.2021, 14:25
Farg`onada qaynota haddidan oshib ketgan kelinini pichoqladi

Yaqinda jinoyat ishlari bo`yicha Dang`ara tuman sudida kelinini pichoqlagan qaynotaning qotillik jinoyati ko`rib chiqilgan. bu haqda  jinoyat ishlari bo`yicha tuman sudining raisi Hayotbek SOTVOLDIEV ma`lum qildi. 

Ma`lum qilinishicha, qotillik sodir bo`lgan kuni ertalab qaynota-qaynona  nonushta qilib o`tirganida, negadir kelini xonasidan chiqmagan. Hatto 3 nafar bolasini ham tashqariga chiqartirmagan. Qaynonasi nonushtaga chorlasa ham ichkarida yotaveradi. Qaynota-qaynona o`g`li Rustamjonni ishga kuzatib, dasturxon yig`ishtirilgach, ichkari xonadan kelini Dildoraxonning 9 yoshli bolasiga qarata “Buvingni aytganini qilmaysan, meni aytganimni qilasan, nonushta tayyorla!” degan buyrug`ini eshitganida ham qaynota o`zini bosadi. “Kelin-da, yana urishgisi kelib turibdi, shekilli” degan xayolda parvo qilmadi. 

Nonushtasini qilib bo`lgan kelin yana xonasiga kirib, yotib oldi va chamasi, uxlay boshlaydi. Qaynota bu holatni sezsada yana indamadi. Tushlik payt  kelini Dildoraga “Tushlikka ovqat qiling” degandiki, kelini unga baqrayib turib “Ovqat qilmayman!” degan ters javobni beradi.

Qaynota yana indamaydi. Tushlikka ovqatni qaynona tayyorlaydi. Kelini yana tashqariga chiqmaydi.

Shu tariqa kech bo`ladi. Bu vaqtda qaynona ota uyiga chiqib ketadi. Kelini esa hovliga chiqib, o`z kirlarini yuva boshlaydi. Kutilmaganda Dildora qaynotasiga  “Uyimga ketaman. O`sha erda dorilarni olib, davolanib kelaman” deydi. Bu gap qaynotasiga ancha og`ir botadi. Keliniga “Qaynonangiz chiqsa, ruxsat so`rab boraverasiz” degan javobni beradi. Bundan jahllangan kelini darhol qo`l telefoni orqali ishdagi eriga qo`ng`iroq qiladi va uyga chaqiradi. Eri ishdaligini, hozir borolmasligini aytsa, eriga javradi. 

Kelinining bu taxlit javrashi qaynotaga yoqmaydi va unga kech bo`lganda ketmasligini, dorilarni shu erda ham olaverishini aytishga majbur bo`ladi. Biroq kelini so`kinib, bu xonadonda erkak yo`qligini, kamchiliklarni qilib bermayotganliklarini aytib, yana javrashni kuchaytirdi. Va keyin qaynotasiga qarata ko`chaga chiqib, kiyimlarini echib, “Qaynotam tegajoqlik qilyapti, nomusimga tegdi” deb aytaman deb, tuhmat qila boshlagan. Mana shu gap qaynotaning jon-jonidan o`tib ketgan. 

Qaynota nabiralarini televizori bor xonaga kirgazib, qassobchilik qilib yurganida ishlatadigan pichog`ini qo`liga oldi-yu, kelinining ortidan uning xonasiga kiradi. “Qaerga ketasan, kim senga javob berdi, nimaga menga tuhmat qilasan?” deb keliniga qo`lidagi pichoqni ko`rsatib, uydan chiqib ketsa, o`ldirib yuborishini aytib, tahdid qiladi.

Ro`parasida pichoq tutganicha vajohat bilan qaynotasi turganiga ham pavo qilmayotgan Dildora esa “O`ldirish qo`lingdan kelmaydi…” deya qaynotasini haqorat qiladi… Qaynota kelinini haqoratlariga chiday olmay so`yib tashlaydi.

Sud jarayonida sudlanuvchi R.Sohibov o`ziga nisbatan e`lon qilingan ayblovga to`liq iqror va pushaymon bo`lib, kelini hayotlik paytida biror marta tegajoqlik qilmagani, qilmishiga pushaymonligi, o`ziga nisbatan qonuniy engillik berilishini so`ragan.

Sudda marhumaning onasi qizi ilgari qaynotasi bilan munosabati yaxshi bo`lganligini aytgan. 

Onaning aytishicha,  oxirgi 2-3 yil ichida qizi qudalar kambag`aldan chiqqan ekanligini aytib, nafsoniyatiga tegayotganlarini hasrat qila boshlagan. Ona qiziga oilasi buzilib ketmaslik uchun  sabr qilishi kerakligini maslahat qilgan.  Qizi qaynotasi unga nisbatan hirsiy munosabatga bo`lganligi yoki o`rtalarida biron-bir jinsiy yaqinlik bo`lganligi haqida aytmagan. Ona qizini oxirgi marotaba o`limidan 1 kun avval uyiga kelgan vaqtida ko`rgan. O`shanda qizida bir haftadan beri qon bosimi oshib turganligi va asablari juda ham tarang,  nimagadir siqilib ketayotganligini aytib, 3-4 kun qizlik uyida  qolishini so`ragan. Lekin ona qizini  uyiga jo`natib yuborgan. Qizini o`ldirilishiga nima sabab bo`lganligidan ajablangan. Chunki, onaning bildirishicha, qizini betga chopadigan va qaynotasi bilan yuzma-yuz turib urishadigan odati yo`q bo`lgan. Onaizor sudda agar ozgina bo`lsa ham qaynotasi uni o`ldirishini bilganida, qizini uyiga olib kelib olgan bo`lishini aytib nadomat chekkan.

Sud hay`ati sudlanuvchi R.Sohibovga jazo turi va uning miqdorini tayinlashda, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to`g`risida”gi qarori tushuntirishlariga amal qilib, jazoni og`irlashtiruvchi holat mavjud emasligini, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga to`liq iqror va pushaymonligini, jabrlanuvchining og`ir xaqorati sababli ushbu jinoyatni sodir etganini, jabrlanuvchining qonuniy vaklini unga nisbatan da`vosi yo`qligini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganini jazoni engillashtiruvchi holatlar sifatida hamda R.Sohibov tomonidan sodir etilgan qotillik usulini e`tiborga olib, o`zi ayblangan modda sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazoni tayinlashni lozim topdi. Va 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

 

Шарҳлар