Xabaringiz bor Internet ijtimoiy tarmoqlari orqali 2020 yil 22 dekabr kuni Yozyovon tumanida istiqomat qiluvchi 2004 yilda tug`ilgan Abdurasulov Abdulazizning Katta Farg`ona kanalida cho`kib ketganligi haqida ma`lum qilingan edi.
Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida, 2021 yil 5 mart kuni A.Abdurasulovning jasadi Katta Farg`ona kanalining Toshloq tumani, Besarang qishlog`idan oqib o`tgan qismidan topilib, yaqin qarindoshlari tomonidan tanib olingan.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma`lumotiga ko`ra, uning o`limiga nafas yo`llarini suv bilan berkilishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfeksiya sabab bo`lganligi aniqlangan. Hozirda tekshiruv davom etmoqda.