my5
Sevimli

Katta Farg`ona kanalida cho`kib ketgan yigitning o`limi tafsilotlari ochiqlandi

Jamiyat 06.03.2021, 10:17
Katta Farg`ona kanalida cho`kib ketgan yigitning o`limi tafsilotlari ochiqlandi

Avval xabar qilinganidek, 2020 yilning 22 dekabr kuni noma`lum sabablarga ko`ra o`zini Katta Farg`ona kanaliga tashlab cho`kib ketgan yozyovonlik o`smir yigit A.A. ning jasadi joriy yilning 5 mart kuni topildi.

Farg`ona viloyati IIB axborot xizmati rahbari Ismoil Sharipovning ma`lum qilishicha, bu borada olib borilgan qidiruv ishlari natijasida marhumning jasadi kanalning qo`shni – Toshloq tumanidan oqib o`tuvchi Besarang qishlog`i hududidan topilgan. Uning shaxsiga yaqinlari tomonidan aniqlik kiritildi.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosalariga qaraganda, o`smir yigitning o`limiga nafas yo`llarini suv bilan berkilishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo`lgan.

Шарҳлар