Farg`ona viloyatining O`zbekiston tumanida kanalga tushib ketgan 13 yashar bola qidirilmoqda. Bu haqda Farg`ona viloyati FVB xabar berdi.
Vazirlik axborotiga ko`ra, O`zbekiston tumani “Beruniy” MFY Alisher Navoiy ko`chasida yashovchi 2008 yilda tug`ilgan Umidjon Abdusattorov tumandagi “Namuna” MFY hududidan oqib o`tuvchi Katta Farg`ona kanaliga o`z ehtiyotsizlik oqibatida cho`kib ketgan.
Hozirda Farhona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi g`avvos-kutkaruvchilari tomonidan suvda qidiruv ishlari olib borilmoqda.