my5
Sevimli

Kimlarga emlanish tavsiya etilmaydi? Nurmat Otabekov javob berdi

Salomatlik 07.03.2021, 13:03
Теглар: Nurmat Otabekov
Kimlarga emlanish tavsiya etilmaydi?  Nurmat Otabekov javob berdi

“COVID-19” ga qarshi kimlarga emlanish tavsiya etilmaydi? Emlangandan keyingi asoratlar bo`lishi mumkinmi? SSV matbuot xizmatining shu kabi muhim savollariga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat ATABEKOV javob berdi.  

— Emlash tadbirlarini amalga oshirish paytida ushbu vaksinani ishlab chiqargan tashkilotning tavsiyalariga amal qilinadi, — deydi Nurmat Atabekov. —  OIV infeksiyasiga yoki autoimmun kasalliklariga chalingan shaxslarni, shu jumladan anamnezida og`ir allergik reaksiyalari mavjud bo`lgan shaxslarni, homiladorlarni, emizikli ayollarni va 18 yoshgacha bo`lgan aholi qatlamini emlash tavsiya etilmaydi.  

Har qanday holatda ham emlash to`g`risidagi qaror tibbiy ko`rik natijasida qabul qilinadi.  

Mabodo emlashga mone`lik qiladigan u yoki bu turdagi holatlar kuzatilsa, tibbiy ko`rik o`tkazayotgan shifokor, albatta, unga e`tibor qaratadi.

— Koronavirus bilan kasallangan shaxslar bilan yaqin aloqada bo`lganlarni emlash mumkinmi? Buni qaerda va qanday amalga oshirish mumkin?

— Koronavirus bilan kasallangan odamlar bilan yaqin aloqada bo`lgan shaxslar karantin (14 kun) tugaganidan keyin, shifokor ko`rigidan so`ng emlanadi.

— Emlangandan keyingi asoratlarning oldini olish borasida qanday ishlar qilinyapti?

— Koronavirusga qarshi emlangan shaxslar patronaj tibbiyot xodimlari tomonidan emlangandan so`ng 30 daqiqa davomida kuzatib turiladi. Keyinchalik uch kun davomida uyiga tashrif buyurish yo`li bilan muntazam tibbiy kuzatuvga olinadi. Ularning sog`lig`i, ahvoli ko`zdan kechirilib, tegishli hujjat bilan rasmiylashtiriladi.

Barcha emlash maskanlarida mutaxassislar (vaksinatorlar), asbob-anjomlar va birinchi tibbiy yordam uchun zarur bo`lgan dori-darmonlar zahirasi yaratiladi. Emlash mutaxassislari emlashdan keyingi salbiy reaksiyalarni aniqlash va lozim bo`lgan taqdirda tegishli tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha tayyorgarlikdan o`tkazilgan. “COVID-19” ga qarshi emlanish bilan bog`liq allergik reaksiya kuzatilgan hollarda tez tibbiy yordam brigadalari ham jalb etiladi.  

Yana bir bor ta`kidlab o`tamiz, fuqarolar emlanishdan oldin, albatta, tibbiy tekshiruvdan o`tkaziladi. Bu kutilmagan asoratlarning oldini olishga zamin yaratadi.  

Шарҳлар

Nurmat Otabekov koronavirusga qarshi vaksinalar va emlash jarayonlari haqidagi savollarga javob berdi

06.08.2021, 17:57

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Nurmat Otabekov COVID-10ga qarshi vaksinalar va emlash jarayonlari to`g`risidagi savollarga javob berdi.“Moderna”ni vaksinasini O`zbekistonda ishlab chiqarish...
Vaksina olganlarning qo`l mushagidan metal chiqayotgani rostmi? Nurmat Otabekov javob berdi

27.07.2021, 19:36

Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabining navbatdagi  brifingi bo`lib o`tdi. Unda  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Otabekov qo`l mushagidan...
Yurtimizga olib kelingan “COVID-19”ga qarshi vaksinalar haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan salbiy xabarlar hech qanday asosga ega emas – Nurmat Otabekov

30.06.2021, 18:55

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizga olib kelinayotgan koronavirusga qarshi vaksinalar inson organizmi uchun zararli ekani, ayniqsa, Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksina juda xavfliligi to`g`risida turli asossiz...
O`zbekiston vaksinasiya jarayonlariga qanchalik tayyor? Nurmat Otabekov javob berdi

31.03.2021, 17:41

COVID-19 ga qarshi emlash jarayoniga tayyorgarlik ishlari to`g`risida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati  rahbari o`rinbosari Nurmat Otabekov quyidagilarni ma`lum qildi.Uning so`zlariga ko`ra, ommaviy emlash...