AsosiyDunyo

NASA 10 yil ichida Oyga ilk ayolni chiqarmoqchi

'NASA 10 yil ichida Oyga ilk ayolni chiqarmoqchi'ning rasmi

AQSh Milliy aviasiya va kosmik boshqarmasi (NASA) yaqin 10 yil ichida Oyga birinchi ayolni yubormoqchi. Bu haqda CBS News tomonidan xabar berilgan.

NASA kosmik uchirish bo`yicha direktori Charli Blekvell-Tompsonning telekanalga aytishicha, missiya rejalashtirilgan “Artemida” dasturining a`zolari to`qqiz erkak va to`qqiz ayol bo`ladi. Uning so`zlariga ko`ra, Erning sun`iy yo`ldoshini o`rganishga qaytish turli xil qimmatli bilimlarni va ko`plab ilmiy kashfiyotlarni taqdim etadi.

Shu bilan birga, “Artemida” dasturini amalga oshirish hozirgi kunda ortiqcha xarajatlar tufayli kechiktirilayotgani ta`kidlangan.

Boshqa yangiliklar