my5
Sevimli

Qirg`iziston So`x yo`lini ochishga, O`zbekiston esa Unkar-Tooni berishga tayyor — Galina Bayterek

Siyosat 13.03.2021, 15:44
Теглар: O`zbekiston, Qirg`iziston, So`x
Qirg`iziston So`x yo`lini ochishga, O`zbekiston esa Unkar-Tooni berishga tayyor — Galina Bayterek

Qirg`iziston O`zbekistonda joylashgan anklav hudud — So`x yo`lini ochishga, O`zbekiston esa Unkar-Tooni berishga tayyor. Bu haqda Qirg`iziston prezidentining matbuot kotibi Galina Bayterek Sadir Japarovning Toshkent shahriga tashrifi yakunlari haqida e`lon qilingan xabarda ma`lum qildi (biroz vaqt o`tgach xabar Qirg`iziston prezidenti saytidan olib tashlandi, biroq xabar AKIpress axborot agentligi tomonidan to`liq e`lon qilindi). Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

O`zbekiston-Qirg`iziston davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo`yicha har ikki tomon ham ushbu ishlarni keyingi uch oy ichida yakunlash kerakligi to`g`risida kelishib olishdi. Davlat chegarasini qonuniy ro`yxatdan o`tkazish chegara hududlarda barqarorlikni mustahkamlashga, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga imkon beradi, deya ta`kidladi u.

Galina Bayterekning ma`lum qilishicha, yaqin orada davlat chegarasidagi 7 ta nazorat punktlari faoliyati tiklanadi. Uning so`zlariga ko`ra, O`zbekiston yuk tashish masalasini hal qilishga va agar kerak bo`lsa, punktlarni hujjatlarni skanerlash uchun tegishli uskunalar bilan ta`minlashga va`da bergan.

«Qirg`iziston tomoni Qirg`iziston hududida joylashgan O`zbekistonning So`x anklaviga transport va havo aloqasini ochishga tayyor. Anklav aholisi davlat chegarasi orqali bemalol o`tishlari mumkin. O`z navbatida, O`zbekiston Qirg`izistonga shu vaqtgacha chegara hududi aholisi o`rtasida nizo va siyosiy ziddiyat bo`lib kelgan Unkar-Too hududini berishga tayyor», — dedi matbuot kotibi.

Davlat chegaralarini delimitasiya qilish bilan bog`liq qolgan bahsli masalalarni maxsus komissiya hal qiladi, deyiladi xabarda.

Шарҳлар

O`zbekiston delegasiyasi Qobul shahrida Afg`oniston Muvaqqat hukumati bilan muzokara o`tkazdi

30.11.2021, 22:49

2021 yilning 30 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi mamlakatimiz delegasiyasi Kobul shahriga tashrif buyurib, Afg`oniston Muvaqqat hukumati vakillari...
O`zbekistonlik sportchi jahon chempionati finaliga yo`l oldi

16.11.2021, 22:01

BAAning Dubay shahrida karate bo`yicha kattalar o`rtasida navbatdagi jahon chempionati bahslari bo`lib o`tmoqda.Ushbu nufuzli musobaqada sayyoramizning besh qit`asidagi 104ta davlatdan jami 983 nafar sportchi g`oliblik...
Boks: O`smirlarimiz xalqaro musobaqada umumjamoa hisobida birinchi bo`lishdi

10.11.2021, 18:23

O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi a`zolari Qozog`istonning Taraz shahrida o`tkazilgan xalqaro musobaqada ishtirok etishdi.  Musobaqada Tojikiston, Qirg`iziston, Qozog`iston va O`zbekistondan 108 nafar bokschi ishtirok etdi. Quvonarlisi,...
Osiyo kubogi saralashi. O`zbekiston yoshlari 3-turda Quvaytni yirik hisobda mag`lubiyatga uchratib, guruhda 1-o`rinni egalladi

02.11.2021, 17:16

Osiyo kubogi saralash bosqichining 3-tur doirasida O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Quvaytga qarshi maydonga tushdi. “Paxtakor” stadionida kechgan bahsda hamyurtlarimiz 5:1 hisobida g`alaba qozondi va saralash bahslarini 1-o`rinda...