my5
Sevimli

O`zbekistonda internet narxi nima uchun qimmat?

Hi-tech 15.03.2021, 20:00
O`zbekistonda internet narxi nima uchun qimmat?

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov  O`zbekistonda internet narxi qimmatligi haqida Adliya vaziri keltirgan faktlarga munosabat bildirdi.

 «Senatning o`n uchinchi yalpi majlisida Adliya vaziri 1 Gigabayt mobil internet Hindistonda — 950 so`m, Isroilda — 1,2 ming so`m, Qirg`izistonda — 2,2 ming so`m, Italiyada — 4,5 ming so`m, Ukrainada — 4,9 ming so`m, Qozog`istonda — 5 ming so`m, O`zbekistonda esa — 16 ming so`mni tashkil etishi va mamlakatimizda internet qamrovi 51 foiz ekanini aytdi.

Ushbu ma`lumotlar https://www.cable.co.uk/ resursidan olingan. Mazkur ma`lumotlar 2020 yilning fevral oyida shakllantirilgan bo`lib (2020 yil 24 fevral), hozirgi kundagi ko`rsatkichlarga umuman mos kelmaydi. Shu bilan birga, mazkur resurs tomonidan O`zbekistondagi operatorlarning aynan qaysi tarif reja yoki paketlari haqida ma`lumot olingani ko`rsatilmagan.

Hozirda respublikamiz aholisi har oy o`rtacha 4-5 Gigabayt internet sarflayapti. 2021 yil mart oyi holatiga ko`ra, 1 Gigabayt hajmdagi mobil internet xizmatining o`rtacha narxi 6-7 ming so`mni tashkil etmoqda.

 2019-2021 yillarda operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif mavjud texnik quvvatlarni keskin oshirish hisobiga operator va provayderlarga XPKM orqali taqdim etiladigan 1 Megabit/s tezlikdagi kanal narxi 2 barobarga arzonlashtirildi va xozirgi kunda ushbu xizmat narxi 40 000 so`m etib belgilangan».

Шарҳлар