AOKAda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaevaning ta`kidlashicha, emlashdan so`ng tana harorati 38 darajagacha ko`tarilsa ko`p suyuqlik ichish tavsiya etiladi va oilaviy poliklinikadan tibbiyot xodimiga murojaat etish kerak. Bu toifadagi fuqarolar tibbiyot xodimi (oilaviy shifokor va patronaj hamshiralar) nazoratiga olinadi.
Tana harorati davomli ravishda 38 darajagacha ko`tarilishi kuzatilsa klinik laborator tekshiruvlar o`tkazishni talab etadi va uni keltirib chiqarayotgan omilni aniqlash kerak bo`ladi.
Emlashdan so`ng tana harorati 38 darajadan yuqori bo`lib ketsa – ko`proq suyuqlik ichib turish kerak, OPdan shifokor bilan bog`lanish yoki tez tibbiy yordamni uyga chaqirish kerak.
Bunday holatlarda tana haroratini ko`tarilishiga ta`sir etayotgan omilni aniqlash talab etiladi va shu aniqlangan omilni davolash bo`yicha tadbirlar olib boriladi.