my5
Sevimli

«Tashkent siti» KVN bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Xalqaro festivalda yuqori natijaga erishdi

Shou-biznes 09.04.2021, 20:13
«Tashkent siti» KVN bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Xalqaro festivalda yuqori natijaga erishdi

Mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e`tibor tufayli, ularga o`z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun sharoit yaratilayotgani, xech kimga sir emas. Davlatimiz bayrog`ini nafaqat sportchilarimiz, balki, ilm-fan, san`at va boshka soha vakillari bo`lgan yoshlarimiz ham dunyo maydonida baland ko`tarmoqdalar.

Rossiyaning Sochi shahrida o`tkazilishi an`anaga aylanib ulgurgan, bu yil 32-bor tashkil etilgan Xalqaro KiViN-2021 festivaliga 15 dan ortiq mamlakatdan jami 500 ga yaqin jamoa tashrif buyurdi. Koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan cheklovlarga karamasdan, bu yilgi festival 2000 ga yaqin ijodkor yoshlarni birlashtira oldi. 

Joriy yilning 11-22 mart sanalari oralig`ida bo`lib o`tgan festivalda, jamoalar orasidan bu yilgi mavsumda tashkil etilishi rejalashtirilgan Ligalar uchun eng sara deb topilgan 80 taga yaqin jamoa tanlab olindi va ularga yuqori reyting natijasi berildi. Quvonarlisi, ular safida “Tashkent siti” jamoasi ham bor .

Ma`lumot uchun: “Tashkent Siti” nomi ostida qatnashayotgan O`zbekiston Quvnoqlar va zukkolar terma jamoasining bosh homiysi «AKFA GROUP» kompaniyasi hisoblanadi.

Endilikda, Quvnoqlar va zukkolar bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolaridan iborat «Tashkent siti» jamoasi Rossiyaning KVN ittifoqi tomonidan tashkil etiladigan «Xalqaro liga»da ishtirok etadilar. «Xalqaro liga» bahslarining nimchorak final bosqichi joriy yilning 13 may kuni Rossiyaning Smolensk shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Ligada jami 24 jamoa chempionlik uchun baxs yuritadi. Jamoa a`zolariga omad tilagan holda, umid kilamizki, yoshlarimiz bu sohada ham hech kimdan kam emasliklarini isbotlay olishadi.

Шарҳлар