my5
Sevimli

Bir turdagi vaksinani olgan bemor keyingi bosqichlarda boshqa vaksinani olishi mumkinmi?

Salomatlik 26.04.2021, 14:30
Bir turdagi vaksinani olgan bemor keyingi bosqichlarda boshqa vaksinani olishi mumkinmi?

SSV Matbuot xizmatining ushbu savoliga vazirlik qoshidagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva javob berdi:  

—  Yo`q, mumkin emas, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanayotganlar qaysi vaksinada emlanishni boshlagan bo`lsalar, shu vaksina bilan barcha bosqichlarida emlanishlari kerak.  

Vaksinalarni emlash tartibi (ya`ni 2 yoki 3 marta), ular har bir vaksinada turlichadir, bu tartibning saqlanishi aynan shu vaksina yordamida organizmda eng yuqori darajada antitanachalar hosil qilish imkoniyatini beradi.  

Biror vaksinani ola boshlab, keyin ikkinchi vaksina bilan emlansa, birlamchi olingan vaksina to`liq olinmagan bo`lib, u samarasiz emlash deb baholaniladi.  

 

Шарҳлар