my5
Sevimli

O`zbekiston qo`shni davlatlarga o`t ochishni zudlik bilan to`xtatishga chaqirdi

Siyosat 29.04.2021, 17:16
Теглар: TIV, to`qnashuv
O`zbekiston qo`shni davlatlarga o`t ochishni zudlik bilan to`xtatishga chaqirdi

Avvalroq, Tojik-qirg`iz chegarasida qurolli to`qnashuv ro`y bergani haqida yozgan edik. O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi holat bo`yicha rasmiy bayonot berdi. 

"O`zbekiston Respublikasi qirg`iz-tojik davlat chegarasida vaziyatning keskinlashishi, bu ikkala tomonning ham qurbon bo`lishiga olib kelgan vaziyat to`g`risida chuqur xavotir bilan qabul qildi.

Biz tomonlarni to`qnashuvlarni darhol tugatishga, vaziyatni barqarorlashtirish bo`yicha qo`shma choralarni ko`rishga va ziddiyatlarning yanada oshishiga olib kelishi mumkin bo`lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz.

Bugungi kunda barcha masalalar va mavjud muammolar faqat Markaziy Osiyo qardosh xalqlariga xos bo`lgan ko`p asrlik do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va sheriklik munosabatlari ruhidagi muzokaralar va maslahatlashuvlar yo`li bilan hal qilinishi kerak.

O`z navbatida, O`zbekiston Respublikasi yuzaga kelgan vaziyatni tezroq tartibga solish uchun har tomonlama yordam berishga tayyor",–deyiladi O`zbekiston TIV xabarida.

Шарҳлар

Tashqi ishlar vaziri: "AQSh bizga 5 million dozadan ortiq vaksinani beg`araz taqdim etganidan minnatdormiz"

03.10.2021, 17:26

2021 yilning 3-oktabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo`shma Shtatlari Davlat kotibining birinchi o`rinbosari Uendi Sherman bilan uchrashuv o`tkazdi. Suhbat chog`ida O`zbekiston-AQSh...
O`zbekiston delegasiyasi Afg`oniston masalalari bo`yicha Tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etadi

27.09.2021, 10:33

Joriy yilning 27-28 sentyabr kunlari  Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi.Mazkur tadbirda O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi...
"84 harbiy chegarani kesib o`tdi" – TIV Afg`oniston bilan davlat chegarasidagi vaziyat haqida ma`lumot berdi

15.08.2021, 08:38

2021 yilning 14 avgust kuni Afg`oniston bilan Davlat chegarasining bo`linmalaridan birida Afg`oniston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilaridan iborat 84 kishilik guruh davlat chegarasini kesib o`tdi va...
Tojik-qirg`iz chegarasida qurolli to`qnashuv ro`y berdi. Qurbonlar bor... (video)

29.04.2021, 17:04

Tojikiston-Qirg`iziston chegarasida qurolli to`qnashuv yuz berdi. Bu haqda RBS xabar bermoqda. Ma`lum bo`lishicha, 28 aprel kuni tojikistonlik harbiylar "Golovnoy" suv taqsimlash punkti yonidagi elektr ustuniga videokameralar...