my5
Sevimli

O`zbekistonda imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironligi bo`lgan shaxs maqomini berish tartibi soddalashtirilmoqda

Salomatlik 02.05.2021, 10:05
Теглар: nogironligi bo`lgan shaxs
O`zbekistonda imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironligi bo`lgan shaxs maqomini berish tartibi soddalashtirilmoqda

​Poytaxtimizda “Imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironligi bo`lgan shaxs maqomini berish jarayonini optimallashtiruvchi elektron ma`lumotlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish” mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Tadbirda Cog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Abdulla Azizov, Innovasion rivojlanish vaziri o`rinbosari Shahlo Turdiqulova, shuningdek, Adliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda elektron ma`lumotlar tizimini yaratish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Xususan, bu yo`nalishda Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining “Imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironligi bo`lgan shaxs maqomini berish jarayonini optimallashtiruvchi elektron ma`lumotlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar rejaci” ishlab chiqildi. Mazkur hujjat 2020 yil 9 iyulda tasdiqlangan.

— Tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga binoan Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Axborot kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK  tomonidan Nogironligi bo`lgan shaxslarning elektron ma`lumotlarini saqlaydigan “TMEK” elektron dasturi borasida manzilli ishlar amalga oshirildi, — deydi Abdulla Azizov. — Mazkur ma`lumotlar bazasining yaratilishi nogironligi bor fuqarolarga o`zlariga tegishli imtiyozlardan to`siqsiz foydalanish, nogironligi bor yoki shu maqomni olish arafasida turgan, nogironlik maqomini uzaytirish yoki o`zgartirishi lozim bo`lgan kishilarning hujjatlar bilan bog`liq muammolarini bartaraf etish, davolanish muassasalariga orderlar berish, tibbiyot xizmatlaridan samarali foydalanish, protez-ortopediya buyumlari hamda nogironlar uchun inventarlar olishda qiyinchiliklarga duch kelmasligiga xizmat qiladi.

Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan imkoniyati cheklangan shaxslar ma`lumotlar bazasi shakllantirish tartib-qoidalari hamda ularning vazirlik va idoralar axborot tizimlari o`rtasida integrasiya holati, “Nogironligi bo`lgan shaxslarning elektron ma`lumotlarini saqlaydigan “TMEK” elektron dasturi borasida amalga oshirilgan ishlar xususida ma`lumotlar berildi.

Шарҳлар