my5
Sevimli

JSST tuzni ortiqcha iste`mol qilishdan ogohlantirdi, chunki...

Salomatlik 06.05.2021, 09:50
JSST tuzni ortiqcha iste`mol qilishdan ogohlantirdi, chunki...

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari odamlarni ortiqcha miqdorda tuz iste`mol qilishdan ogohlantirdilar. Bu haqda lenta.ru xabar berdi. 

 Shunday qilib, tashkilotning yangi hisobotiga ko`ra, dunyo aholisining aksariyati kuniga o`rtacha 10 gramm tuz iste`mol qilsa, JSST tomonidan belgilangan maksimal me`yor 5 grammni tashkil etadi. 

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, tuzni ko`p iste`mol qilish xavfli, shu jumladan yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish ehtimolini oshiradi. Shuningdek, ular qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste`mol qilish tanadagi natriy iste`molini tezda ko`paytirganligini ta`kidladilar.

Hisobotda aksariyat odamlar qancha tuz iste`mol qilishlarini bilmasliklari ko`rsatilgan. Hujjatda oziq-ovqat tarkibidagi tuz, shu jumladan non, sariyog`, chipslar, pechene, pissa va konservalar uchun ko`rsatmalar berilgan.

 

Шарҳлар