my5
Sevimli

Muxbir qizning Namangandagi sarguzashti: “Iforga burkangan shahar”

Mutolaa 31.05.2021, 17:59
Теглар: ​Namangan, “Gullar festivali”
Muxbir qizning Namangandagi sarguzashti: “Iforga burkangan shahar”

     Men Namangan bo`ylab ilk bor sayohatga chiqdim. Oldin ham Namanganda bo`lganman, ammo ish safari yuzasidan edi. Bu safar men o`z sarguzashtlarim sari yo`lga otlandim. Birinchi bor Namanganga borishda taksi xizmatidan foydalanyapman. Bu mushkul ish ekan, ko`p ovvora bo`ldim.    Oxiri o`z maqsadimga erishdim va Toshkent shaxridan 22:00  da yo`lga chiqib, 02:30 da o`z manzilimga etdim. “Shedevr Plaza” mehmonxonasiga borib joylashdim, ertalab esa quyosh ufqdan boshini ko`tarib menga salom berib, ko`zlarimni o`zining nurlari bilan qamashtirdi.

Sarguzasht boshlandi...

    Namangan hokimligi tomonidan o`z sarguzashtlarim sari ilk qadamni tashladim. Mehmonxonadan chiqar ekanman, hokimlik tomonidan biriktirilgan Abbos ismli hamroh meni kutib oldi. Ilk manzil Namangan gullar festivali  tomon bo`ldi. Hamrohimning aytishicha, Namangan shahrida xalqaro “Gullar festivali” 23—31 may kunlari o`tkazilar ekan.

Shuningdek, Namangan viloyati o`zining betakror ob-havosi, turfa gullarga burkangan so`lim manzillari bilan barchamizni o`ziga rom etishi hech kimga sir emas. Bu shahar go`zalligiga mos o`tkazilayotgan 60-Xalqaro “Gullar festivali” tadbiriga kiraverishdanoq bahri dilim ochildi. Ko`rkam, keng va yorug', ko`chalari-yu, sodda, samimiy insonlarini ko`rib ko`zim quvondi. Erta tongdanoq yo`l-yo`lakay ketar ekanman,ta`bimni xira qilgan muammolardan biroz chalg`igandekman. 

Ayniqsa gulchilarning sermahsul ijod jarayonlari, ulardagi shijoat meni hayratlantirdi. Chekka tumanlar, viloyatlar, chet davlatlaridan kelib ushbu tadbirda mehmon bo`layotganlar orasida ham haqiqiy iqtidorlar, gullarni sevuvchi insonlar juda ko`p. Kelgan insonlar vaqtlarini mazmunli o`tkazish uchun festivaldagi turli tadbirlarda qatnashib, chehralarida tabbassumni aks ettirishmoqda.

Bir so`z bilan aytganda, mazkur festival  boshlanish jarayonidan tortib tashkiliy ishlargacha a`lo darajada yo`lga qo`yilgan. Albatta ushbu festivalga mas`ul rahbariyatning ham bunda o`z o`rni va hissasi bor. 

Sarguzashtim jarayonida gulchilarning rejalari va orzulari haqida suhbatlashdim. Faqat birgina muammo - vaqt etarli emasligini gulchilardan eshitganimdan so`ng, bu borada ularga tassanno aytgim keldi. Ular gulni etishtirish davomida, go`zalligiga mahliyo bo`lib, uning tezroq etilishini istar ekanlar.

Hullas, men ulkan taassurotlar ila poytaxtga qaytdim. Xulosa o`rnida aytmoqchimanki, o`z yurtimizda ham ko`zimizni quvontiradigan maskanlar ham bor. Mening ushbu sarguzashtim sababchisi bo`lgan Namangan viloyati hokimligiga va “Shedevr Plaza” mehmonxonasiga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.

MARYaM SATTOROVA 

"Darakchi" muxbiri

Шарҳлар

Namanganda to`qimachilik instituti tashkil qilinadi

28.09.2021, 12:34

Namanganda to`qimachilik instituti tashkil qilinadi.Bunga to`qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`yicha Namangan viloyati respublikada etakchi ekanligi sabab qilib ko`rsatildi."Institutda Italiya, Fransiyadan etakchi mutaxassislar kelib dars beradi....
Shavkat Mirziyoev Namanganga tashrifini yakunlab, Farg`onaga etib keldi

27.09.2021, 20:52

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatiga yo`l olgani haqida xabar bergan edik.Davlat rahbari tashrifi davomida viloyatdagi mavjud muammolarni sanab chiqdi, shuningdek, Afg`oniston chegarasida namanganlik askar...
Prezident Shavkat Mirziyoev endi Namangan viloyatiga yo`l oldi

27.09.2021, 11:20

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun 27 sentyabr kuni Namangan viloyatiga yo`l oldi.Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov ma`lum qildi.Qayd etilishicha, keyingi kunlarda rahbarning...
Namanganda tuman MIB rahbari fuqaroni o`qishga kiritib qo`yishini aytib pora bilan qo`lga tushdi

21.09.2021, 11:51

Namanganda tuman MIB rahbari fuqaroni o`qishga kiritib qo`yishini aytib pora bilan qo`lga tushdi.Bu haqda DXX matbuot xizmati "Darakchi"ga xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Namangan viloyatidagi tumanlardan birining...