my5
Sevimli

Jahongir Otajonov yana qaytdi. U onasi uchun konsert bermoqchi

Shou-biznes 11.07.2021, 17:29
Теглар: ​Jahongir Otajonov
Jahongir Otajonov yana qaytdi. U onasi uchun konsert bermoqchi

Xonanda Jahongir Otajonov o`zining instagram sahifasida siyosatdan ketib onasi uchun konsert berishini ma`lum qildi.  

"Siyosiy masalada jonli efir tashkil qilmaganimga 15 kun bo`ldi. Har bir efirimda onamning umri 5 yilga kamayib ketyapti. Ota-onamning har kuni yig`lab o`tirishi men uchun qimmatga tushmoqda. Hattoki, Prezident bo`lib qolsam, bularga biror kor-hol bo`lsa, menga tatimaydi. Shuning uchun, men butun jamoatchilikdan uzr so`rayman. Hozircha, siyosatdan chekinib turaman. Qismat bo`lsa, balki siyosiy faoliyatimni davom ettirsam ham har kuni onamning “o`lishini” ko`rib o`tirish meni charchatdi”, deydi u.

Otajonov so`zida davom etar ekan, butun jamiyat va siyosatchilardan yana bir bor uzr so`radi:

“Butun jamoatdan, butun vatandoshlardan, borki siyosatchilardan va borki partiya a`zolaridan uzr so`rayman. Hozircha bu ishni davom ettira olmayman. Chunki, onamni ko`ndirish uchun 6 oy kurashdim. Lekin siyosiy faoliyat oson emas ekan, bularning har kuni siqilishi meni charchatdi. Bu yilgi prezidentlik saylovlarida ham omad tilayman. Nimaiki bo`lsa, xalqimizning foydasi uchun bo`lsin”.

Murojaat yakunida Jahongir Otajonov onasiga yuzlanib, uning sharafiga “Onam uchun” deb nomlangan konsert berishini aytdi.

Шарҳлар

"U san`atkormas, masxaraboz". Xonanda Xusan Jahongir Otajonovning san`atga qaytganiga munosabat bildirdi (video)

12.07.2021, 15:49

Avvalroq, xonanda Jahongir Otajonov san`atga yana qaytgani va onasi uchun konsert bermoqchiligi haqida xabar bergan edik. Xonandaning bu bayonoti ortida ijtimoiy tarmoqlarda turli bahs-munozaralar boshlandi. Xususan,...
Jahongir Otajonov yangi partiya tuzish niyatida ekanligini aytdi

26.01.2021, 18:08

Qo`shiqchi Jahongir Otajonov Prezidentlik saylovlarida o`z nomzodini qo`ymoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik. Keyinchalik san`atkor biror  tumanga hokim qilishlarini so`rab Prezidentga videomurojaat yo`lladi.Otajonov ijtimoiy tarmoqdagi...
"Sharoiti eng og`ir tumanni menga bering!" Jahongir Otajonov Prezidentdan uni hokim qilishini so`radi (video)

22.01.2021, 22:00

Sal avval san`atni tark etgan Jahongir Otajonovning ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi shov-shuvli videosi tarqaldi. Unda sobiq xonanda, O`zbekiston prezidentidan uni respublikaning biror hududiga hokim etib tayinlashini so`ragan."Eshitishimcha,...
"Mening niyatim jiddiy". Jahongir Otajonov Prezident bo`lmoqchiligi haqida ikkinchi murojaatini yo`lladi (video)

21.01.2021, 22:12

Eslatib o`tamiz, avvalroq Jahongir Otajonov Prezidentlik saylovlarida o`z nomzodini qo`ymoqchi ekanligi haqida yozgan edik.  Qo`shiqchi ijtimoiy tarmoqlardagi o`z sahifasida ikkinchi bor xalqqa murojaat qildi."Meni niyatim...