my5
Sevimli

Koronavirusga qarshi uy sharoitida davolanayotgan bemorlar antibiotik qabul qilishi mumkinmi?

Salomatlik 25.07.2021, 14:29
Теглар: koronavirus
Koronavirusga qarshi uy sharoitida davolanayotgan bemorlar antibiotik qabul qilishi mumkinmi?

Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmatining ushbu savoliga vazirlik huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydulleva javob berdi:

— Bu savolga javob qat`iy: koronavirus virusini antibiotik  o`ldirmaydi.  Antibiotiklar umuman viruslarga ta`sir qilmaydi.

 Antibiotiklar o`z nomi bilan – hayotga qarshi, ya`ni bakteriyalarga qarshi degan ma`noni bildiradi. Ular inson organizmida, ya`ni ichaklarda immunitet hujayralarni ishlab chiqadigan inson uchun kerakli bo`lgan bakteriyalar tarkib mikroflora hujayralarini o`ldiradi va disbakterioz – holatini keltirib chiqaradi. Bu esa, o`z o`rnida, immunitet hujayralari ishlab chiqilishini pasaytiradi va inson organizmida immun tanqislik holatini keltirib chiqaradi.

Masalaning yana bir tomoni shuki, antibiotiklar insonni ichaklarida disbakterioz holatini keltirib chiqarishi, hazm jarayonini buzadi, ich ketish yoki ich qotish holatlari kelib chiqadi. Bu esa o`z o`rnida, insonlarni kasallik bilan kurashish qobiliyatini pasaytiradi.

Yana bir xususiyati antibiotiklarni palapartish va ko`p turlarini qabul qilganlarda zamburug`lar rivojlanishi ham tasdiqlangan. Zamburug`lar esa inson uchun yana bir boshqa infeksion omil sifatida kasallikni og`irlashtiradi va turli xil asoratlar ko`payishiga sabab bo`ladi.

Kasallikning birinchi kunlaridan boshlab antibiotiklardan foydalanilganda, bemorning ahvoli vaqtinchalik yaxshilangandek bo`ladi, lekin organizmda kechayotgan jarayonni inson bilmaydi. Antibiotiklarni to`xtatish bilan yana kasallik avj olishni boshlaydi. Tana harorati yanada ko`tariladi, diareya paydo bo`ladi, ko`ngil aynishi va qayt qilish kabi belgilar kuchayadi. Bu davrda esa, koronavirus organizmda tarqalishi kuchayadi va u qaysi a`zolarga o`rnashib jarohatlashiga bog`liq xolda kasallik alomatlari kuchayib boradi.  

Antibiotiklar bir necha guruhlarga bo`linadi va uning bakteriyalarni engib chiqish kuchiga qarab yangi avlod va turlari ishlab chiqilgan.  

Masalan:  

️Penisillinlar guruhi – “Penisillin”, “Ampisillin”, “Gentamisin”, “Amoksasillin”, “Amoksiklav” va xokazo;  

️Sulfanilamidlar guruhi – “Ko-trimoksazol+trimetoprim”, ya`ni “Bisseptol”, “Optiprim” va xokazo;

️Makrolidlar guruhi – “Azitromisin”, “Eritromisin”, “Makropen” va xokazo;

️Sefalosporinlar guruhi – “Siprofloksasin”, “Levofloksasin”, “Seftriakson”, “Sefazolin”, “Ftorxinolon”, “Sefapirazon-sulbaktam” va xokazo;

️Karbopenemlar guruhi – “Meropenem” va xokazolar.  

Shuni ta`kidlash lozimki, ularning turlari va guruhlari juda ko`p, shu o`rinda bu antibiotiklarni turi qanchalik kuchayib borsa, shunchalik organizmda katta jarohatlanishlar va izlar qoldiradi. Ularning qoldirgan izlarini qayta tiklash uchun oylar, ba`zida yillar talab etiladi.

Shu bois, antibiotiklarni faqatgina ko`rsatmalar asosida, shifokor nazoratida qabul qilish kerak. Shuningdek, bu antibiotiklarni qabul qilish jarayonida zarurat paydo bo`lganida, qo`shimcha tahlillar topshirilishi talab etiladi.

Шарҳлар

O`zbekistonda yana 209 nafar kishida koronavirus aniqlandi, 3 bemor vafot etdi

02.12.2021, 10:11

Kecha O`zbekistonda yana 210 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, kasallikdan 3 nafar bemor vafot etdi.SSVning ma`lumot berishicha, 2021 yil 1 dekabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda...
O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana 200 nafardan oshdi. SSV muhim ogohlantirish berdi

27.11.2021, 11:19

2021 yil 26 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 192599 (+218) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma`lum...
Chexiyada koronavirus bilan bog`liq kasallik soni ko`paygani tufayli yangi cheklovlarni joriy etdi

27.11.2021, 00:32

Evropa koronavirus yuqtirish holatlari keskin ko`paymoqda, deya xabar bermoqda Associated Press xabar berdi. Jumladan, Chexiyada koronavirus bilan bog`liq kasallik holatlari sababli yangi cheklovlar joriy etildi. Oxirgi sutkada...
O`zbekistonda koronavirusdan kasallanishlar va o`limlar soni ortdi

25.11.2021, 10:05

Kecha yurtimizda 220 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi.2021 yil 24 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni...