my5
Sevimli

Bronxial astma kasalligiga chalingan fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi mumkinmi?

Salomatlik 26.07.2021, 09:32
Bronxial astma kasalligiga chalingan fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi mumkinmi?

 Bir necha yildan buyon bronxial astma kasalligining asoratlaridan qiynalib kelaman. Hozirda ishxonamizda koronavirusga qarshi vaksina olish kerakligini aytishmoqda. Bronxial astma kasalligiga chalingan fuqarolar ham emlanishi mumkinmi?  

Innovasion rivojlanish vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzovaning savoliga O`zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, vaksinalar va immunoprofilaktika bo`limi boshlig`i Dilorom Tursunova javob berdi.

- Asosan koronavirus organizmda mavjud yondosh kasalliklarning kechishi oqibatida ham og`ir kechmoqda. Insonlarda surunkali kasalliklar kuzatilmaganida koronavirus bu qadar bizga xavf tug`dirmagan bo`lardi. Shu sababli, dastlab, emlash ishlarini aynan surunkali kasalliklari bor fuqarolar va qariyalar (yondosh kasalliklar bilan ayniqsa, keksalar ozor chekadi)dan boshladik.  

Xuddi shunday bronxial astma kasalligi kuzatiladigan fuqarolarga ham emlanishni maslahat bermoqdamiz. Negaki kasallikning xurujli davrining o`zi juda xavfli. Agar koronavirus bilan bu jarayon kechsa, yomon oqibatlarga olib kelishi muqarrar.

Faqat kasallikni xuruj qilgan paytida emlanish mumkin emas. Xastalikning tinch davrida shifokor bilan maslahatlashgan holda emlanishingizni tavsiya qilgan bo`lardik, - deyiladi mutaxassis javobida. 

Шарҳлар