AsosiyJinoyat

Qibrayda yigit bir xonadonda 5 kishini vahshiylarcha o`ldirdi

'Qibrayda yigit bir xonadonda 5 kishini vahshiylarcha o`ldirdi'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanida 5 nafar shaxs qasddan o`ldirilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Unga ko`ra, qotillikda gumonlangan shaxs 1997 yilda tug`ilgan bo`lib, qotillik yuz bergan oiladagi qiz farzand bilan munosabatda bo`lgan. Orada kelib chiqqan turli kelishmovchiliklar sabab yigit qizning oilasi va ushbu uy yordamchisini vahshiylarcha o`ldirgan. 

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati tezkor munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "a, j" bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar