my5
Sevimli

Dastlarbki bosqichda bir turdagi, keyingi bosqichda boshqa vaksina bilan emlansa ham bo`ladimi?

Salomatlik 03.08.2021, 15:32
Теглар: vaksina
Dastlarbki bosqichda bir turdagi, keyingi bosqichda boshqa vaksina bilan emlansa ham bo`ladimi?

Dastlarbki bosqichda bir turdagi, keyingi bosqichda boshqa vaksina bilan emlansa ham bo`ladimi? 

Ushbu savolga “O`zbekiston 24” telekanali bilan hamkorlikda tashkillashtirgan "COVID-19": Savol-javob" teleloyihasida SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi E`zozbek Rizaev tomonidan javob berildi:

— Qaysi vaksinani olishdan qat`i nazar, ularning bajaradigan vazifasi bir xil. “Faqatgina falon vaksinadan olaman”, deb kutib turish eng xato yo`l hisoblanadi. Barcha vaksinaning ishlash mexanizmi bir xil: virusdan inson hujayrasiga yopishib oladigan oqsil ajratib olinib, bu namuna orqali inson hujayralarida virusga qarshi antitelolarni shakllantirishdir.  Vaksina qaerda ishlab chiqarilgan bo`lmasin, uning vazifasi organizmda ana shu antitanachalarni paydo qilishdir.  Ba`zilar “Birinchi bosqichda o`zbek-xitoy vaksinasini olgandim, ikkinchi bosqichda Moderna olsam bo`ladimi", degan savollar bilan murojaat qilmoqda. Agar o`zbek-xitoy vaksinasida emlash amalga oshirilgan bo`lsa, bu 3 bosqichda bo`ladi. Yurtimizga keltirilgan boshqa barcha vaksinalar 2 bosqichda amalga oshiriladi. Bu vaksinalar bilan emlashning har bir bosqichida alohida ilmiy tekshiruvlar o`tkazilgan. Bosqichlar ketma-ketligi saqlansagina to`liq emlanish amalga oshirilgan, deb xulosa qilinadi.  Lekin bugun fanga bir vasinani boshqasi bilan qo`shib emlash nima oqibatga olib kelishi to`g`risida ma`lumot yo`q.  Shuning uchun o`zboshimchalik bilan qaror qabul qilishga haqqimiz ham yo`q. Bir necha xil vaksina bilan emlanish natijasida nojo`ya ta`sirlar ko`rinishi xavfi bor. Shu sababli yurtdoshlarimizdan o`z hayotini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz. Ammo kimdir boshqa vaksina bilan emlanishni istasa, bir vaksinaning to`liq dozalarini qabul qilganidan 6 oy o`tgach, boshqa istagan vaksina bilan bir marta emlanish orqali avval shakllangan antitelolar miqdorini saqlab turishi mumkin.

 

Шарҳлар

Yurtimizga yana 356 ming doza koronavirusga qarshi vaksina keltirildi

11.09.2021, 06:12

Bugun tongda COVAX dasturi doirasida AstraZeneca vaksinasining 356 ming dozasi yurtimizga olib kelindi.Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 22 million 802 ming 540 dozani tashkil...
1 noyabrga qadar vaksina olgan talabalar kontraktiga 10 foizlik chegirma beriladi

09.09.2021, 10:21

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston OTMlarining 2021/2022-o`quv yili uchun to`lov-kontrakt puli miqdorlari tasdiqlandi.Yangi tartibga ko`ra, 1 noyabrga qadar koronavirusga qarshi vaksina olgan talabalarga stipendiyasiz bazaviy to`lov-kontrakt...
O`zbekistonda 1 kun ichida 353 259 doza vaksina qo`llanildi

07.09.2021, 12:19

Sog`likni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, 6 sentyabrda O`zbekiston hududlari bo`ylab 353 259 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanilgan. Ulardan:1-bosqich emlanganlar 44 240 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 245 716...
Yurtimizga yana 1,5 million doza koronavirusga qarshi vaksina keltirildi

05.09.2021, 10:49

Hozirgina ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 yarim million dozasi yurtimizga olib kelindi.Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 19 million 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.Ulardan: 460 000 dozasi...