my5
Sevimli

Prezident pandemiyadan yo‘qotishlarsiz chiqish uchun xalqdan 3 ta shartga amal qilishni so‘radi

Jamiyat 03.08.2021, 16:45
Prezident pandemiyadan yo‘qotishlarsiz chiqish uchun xalqdan 3 ta shartga amal qilishni so‘radi

Ayni paytda hududlar va tarmoqlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilish avvalida davlat rahbari pandemiyani yengib o‘tish doirasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

“Pandemiya davrida dunyo bo‘ylab koronavirus aniqlangan 200 million nafar bemorning 4,2 million nafari vafot etdi. Mamlakatimizda ham iyun oyining ikkinchi yarmi va iyul oyidan kasallanish ko‘rsatkichlari keskin o‘sib, kunlik yangi kasallanish holatlari o‘rtacha 750-800 tani, pnevmoniya esa 450-500 tani tashkil etmoqda. Bugungi kunda 10 mingga yaqin bemor shifoxonada, 3 ming nafari uy sharoitida davolanayotgan bo‘lsa, 2,4 ming nafari og‘ir, 890 nafari o‘ta og‘ir ahvolda”, dedi prezident.

Shuningdek, prezident pandemiyadan imkon qadar yo‘qotishlarsiz o‘tishimiz va keyingi to‘lqinlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun xalqimizdan 3 ta muhim shartga qat’iy amal qilish kerakligini ta’kidladi:

“Birinchidan, virusdan himoyalanish va uni yengishning eng muhim sharti – bu albatta vaksinasiya. Qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, ushbu maqsadlar uchun bugungi kunga qadar 4 turdagi 13 million doza vaksina olib kelingan. Qaysi turdagi vaksina bilan emlanish bo‘yicha aholida tanlash imkoniyati paydo bo‘lgan. Hammasi xalqimiz uchun bepul.

Ikkinchidan, shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanish. Afsuski, odamlar niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena talablariga amal qilishmayapti.

Шарҳлар