my5
Sevimli

5 avgustdan 14 avgustga qadar Samarqandning qator yo`llarida harakat cheklanadi

Jamiyat 03.08.2021, 20:30
5 avgustdan 14 avgustga qadar Samarqandning qator yo`llarida harakat cheklanadi

2021-2022 o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari o`tkaziladigan stadion va hiyobonlar atrofida harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida 2021-yil 5-avgust kunidan 14-avgust kuniga qadar Samarqand shahrining quyidagi ko`chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi:

-  Sartepo massivi Turkiston ko`chasini Turizm kolleji oldidagi tutashmadan 5-mikrorayonga kirish yo`li tutashmasigacha bo`lgan qismida;

-  Kimyogarlar qo`rg`oni Umid ko`chasini Ziyolilar ko`chasi bilan kesishgan chorraxasidan, Madaniyat saroyini oldidagi maydongacha bo`lgan qismida;

-  Isloxot ko`chasini Rudakiy ko`chasi bilan tutashmasidan, “Lokomotiv” stadioniga kirish darvozasigacha hamda Gagarin ko`chasigacha bo`lgan qismida;

-  Depo ko`chasining Arman ko`chasi bilan tutashmasidan, “Lokomotiv” stadionining kirish darvozasigacha bo`lgan qismida;  

-  Samarqand tumani Rustam qishlog`i hududidan o`tuvchi 4K-564 “Oqmachit-Rajabamin” avtomobil yo`lida;

-   Jomboy tumani hududidan o`tuvchi 4K-512 ”O`rtabo`z -Jomboy-Galakapa" avtomobil yo`lida.

Шарҳлар