my5
Sevimli

Dastlabki bosqichda bir turdagi, keyingi bosqichda boshqa vaksina bilan emlansa bo`ladimi?

Salomatlik 04.08.2021, 13:57
Dastlabki bosqichda bir turdagi, keyingi bosqichda boshqa vaksina bilan emlansa bo`ladimi?

Savolga "COVID-19": Savol-javob" teleloyihasida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi E`zozbek Rizaev javob berdi:

️" -  Qaysi vaksinani olishdan qat`i nazar, ularning bajaradigan vazifasi bir xil. “Faqatgina falon vaksinadan olaman”, deb kutib turish eng xato yo`l hisoblanadi.  Barcha vaksinaning ishlash mexanizmi bir xil: virusdan inson hujayrasiga yopishib oladigan oqsil ajratib olinib, bu namuna orqali inson hujayralarida virusga qarshi antitanachalarni shakllantirishdir.  

Vaksina qaerda ishlab chiqarilgan bo`lmasin, uning vazifasi organizmda ana shu antitanachalarni paydo qilishdir.  

 Ba`zilar “Birinchi bosqichda o`zbek-xitoy vaksinasini olgandim, ikkinchi bosqichda Moderna olsam bo`ladimi", degan savollar bilan murojaat qilmoqda. Agar o`zbek-xitoy vaksinasida emlash amalga oshirilgan bo`lsa, bu 3 bosqichda bo`ladi. Yurtimizga keltirilgan boshqa barcha vaksinalar 2 bosqichda amalga oshiriladi. Bu vaksinalar bilan emlashning har bir bosqichida alohida ilmiy tekshiruvlar o`tkazilgan. Bosqichlar ketma-ketligi saqlansagina to`liq emlanish amalga oshirilgan, deb xulosa qilinadi.  

️Lekin bugun fanga bir vasinani boshqasi bilan qo`shib emlash nima oqibatga olib kelishi to`g`risida ma`lumot yo`q.  

️ Shuning uchun o`zboshimchalik bilan qaror qabul qilishga haqqimiz ham yo`q. Bir necha xil vaksina bilan emlanish natijasida nojo`ya ta`sirlar ko`rinishi xavfi bor. Shu sababli yurtdoshlarimizdan o`z hayotini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz.

️Ammo kimdir boshqa vaksina bilan emlanishni istasa, bir vaksinaning to`liq dozalarini qabul qilganidan 6 oy o`tgach, boshqa istagan vaksina bilan bir marta emlanish orqali avval shakllangan antitanachalar miqdorini saqlab turishi mumkin", - deydi E`zozbek Rizaev.

Шарҳлар