Joriy yilning 2 avgust kuni O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari — investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o`rinbosari Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralar o`tkazdi.
«Tomonlar mavjud tarif va notarif to`siqlarni izchil bekor qilish hamda ikki mamlakat bozorlariga O`zbekiston va Turkmanistonda ishlab chiqilgan tovarlarning kirishini soddalashtirishga qaratilgan sa`y-harakatlarni birga boshlashga kelishib oldilar», — deyiladi xabarda.
Mazkur chora-tadbirlar yaqin kelajakda O`zbekiston — Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd dollarga etkazish imkonini berishi bashorat qilinmoqda.
Uchrashuv doirasida O`zbekiston — Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalarini yaratish masalalari ko`rib chiqildi.