my5
Sevimli

Farg`onada 1000 ta oilaning bandligini ta`minlaydigan 300 gektarlik malina plantasiyasi barpo etiladi

Jamiyat 14.08.2021, 19:30
Теглар: Farg`ona, malina plantasiyasi
Farg`onada 1000 ta oilaning bandligini ta`minlaydigan 300 gektarlik malina plantasiyasi barpo etiladi

Farg`ona tumanida 1000 ta oilaning bandligini ta`minlaydigan 300 gektarlik malina plantasiyasi barpo etiladi.

Bu haqda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farg`ona tumanining malina etishtirish keng ommalashgan hududlaridan biri bo`lgan  “Dilkusho” mahallasiga qilgan tashrifida ma`lum qildi

Dastlab aholi xonadonlarida malina etishtirish jarayonlarini ko`zdan kechirgan viloyat rahbari, so`ngra malinazorlar tashkil etilgan dehqon xo`jaliklarini ham borib ko`rdi.  

Ma`lum bo`lishicha, “Dilkusho” mahallasida yashovchi aholi tomorqalari malina hamda uzumchilikka ixtisoslashgan bo`lib, oila byudjeti uchun sezilarli daromad manbasiga aylangan. Xonadonlarda malinada ikki marta hosil yig`ib olinadi. Viloyat hokimi tashrif buyurgan xonadonlardan biri – Ilhomjon Yo`ldoshev hovlisida 10 sotix erda uzumzor barpo etilgan bo`lib, ostiga malina ekilgan. Xonadon sohibi, o`tgan yili uzumdan 40 million so`m, malinadan 20 million so`m daromad olganini aytib, bu yil undan ham kattaroq daromadni ko`zlab turganini qayd etgan.  

Viloyat hokimi “Dilkusho” mahallasiga tutash hududdagi sug`orish muammosi bo`lgan, samarasiz er maydonlarini borib ko`zdan kechirgan. Hudud iqlimining malina etishtirishga mosligini hisobga olgan holda, bu erdagi bo`sh maydonlardan 300 gektarida malina plantasiyasi barpo etish, buning uchun maydonlarni toshlardan tozalash, tabiiy o`g`itlar bilan oziqlantirish, tik quduqlar qazish va nasoslar o`rnatish bo`yicha topshiriq bergan.

 Tashkil etiladigan malina plantasiyasi 30 sotixdan 1000 ta oilaga bo`lib berilishi va kooperasiya shaklida faoliyat yuritishi belgilab berilgan. Shuningdek, hududda dastlabki bosqichda muzlatkichli meva saqlash ombori insho etish bo`yicha tashabbuskor sarmoyador aniqlanib, etishtirilgan hosilni yig`ib, eksportga yo`naltirish choralari ko`riladi. 

Ikkinchi bosqichda malinani qayta ishlash korxonasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Шарҳлар

So`xdan Marg`ilongacha: Shavkat Mirziyoev Farg`onadagi eng dolzarb masalalar haqida gapirdi

28.09.2021, 13:33

Ayni daqiqalarda Farg`onada bo`lib turgan Shavkat Mirziyoev boshchiligida yig`ilish o`tkazilmoqda. "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar berishicha, davlat rahbari viloyatdagi mavjud muammolarni birma-bir sanab o`tgan.Keltirilishicha: Viloyat aholisi soni...
Shavkat Mirziyoev Namanganga tashrifini yakunlab, Farg`onaga etib keldi

27.09.2021, 20:52

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatiga yo`l olgani haqida xabar bergan edik.Davlat rahbari tashrifi davomida viloyatdagi mavjud muammolarni sanab chiqdi, shuningdek, Afg`oniston chegarasida namanganlik askar...
Farg`onada 4 egizak dunyoga keldi

15.06.2021, 17:18

Farg`ona shahar “Xo`jamag`iz” mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi G`anijon Odilov xonadonida birdaniga to`rt egizak: 3 o`g`il va bir qiz dunyoga keldi.Hozirda chaqaloqlar va onaning salomatligi...
Farg`ona meva-sabzavotlariga Dubaylik tadbirkorlar xaridor bo`lishmoqda

15.06.2021, 14:18

 Joriy yilning 12 -13 iyun kunlari Dubay shahrining "Choithrams" supermarketlar tarmog`i ish boshqaruvchisi janob Moxamad Ali, "Umer Ali Trading" MChJ rahbari janob Favas hamda "The...