my5
Sevimli

Britaniyada 4G telefon 10 funtga baholanmoqda

Hi-tech 19.08.2021, 22:10
Britaniyada 4G telefon 10 funtga baholanmoqda

Britaniyaning Tesco savdo kompaniyasi IMO Dash 4G telefonini 19.99 funt evaziga sotmoqda.

To`lov krediti orqali katta xaridni amalga oshirgan xaridorlarga kompaniya qo`shimcha 10 funt chegirma bilan ushbu qurilmani atigi 9.99 funtga bermoqda.

Dash 4G ikki xil qora hamda oq rangda bo`ladi. Qurilmaning to`liq quvvati bilan 15 soat qo`ng`iroq orqali suhbatlashish mumkin.

Telefonda 2.4 dyuymli ekran mavjud. Uning korpusi esa plastikdan ishlangan. Qurilmaga bitta 2MP kamera o`rnatilgan.

Dash 4G'ning tezkor xotirasi 48MB, doimiy xotirasi esa 128MB ni tashkil qiladi. Shuningdek, xotirani microSD bilan kengaytirish mumkin.

Telefonda Bluetooth, FM Radio, fonar, budilnik kabi funksiyalar mavjud.

Шарҳлар