Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 655 952 yangi holati aniqlandi, 7 142 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi Toshkent vaqti bilan soat 15:06 holatidagi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 213 million 269 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 453 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:
- AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 38,384 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
- Ikkinchi o`rinda Hindiston (32,603 milliondan ortiq),
- uchinchi o`rinda Braziliya (20,676 milliondan ortiq),
- to`rtinchi o`rinda Fransiya (6,777 milliondan ortiq),
- beshinchi o`rinda esa Rossiya (6,730 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida:
- AQShda 153 132,
- Hindistonda 46 164,
- Eronda 39 983,
- Buyuk Britaniyada 35 547,
- Braziliyada 30 872 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.