my5
Sevimli

Antonio Konte “Chelsi” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sport 05.04.2016, 15:28
Теглар: Futbol, Chelsi
Antonio Konte “Chelsi” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Angliyaning “Chelsi” jamoasi italiyalik mutaxassis Antonio Konte bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini e`lon qildi. Bu haqda klub rasmiy saytiga tayanib, championat.com xabar bermoqda

Italiyalik 46 yoshli murabbiy yozda “Chelsi” boshqaruvini o`z qo`liga oladi. Mavsum yakuniga qadar esa Gus Xiddink London jamoasini boshqaradi. Ayni paytda Italiya termasini boshqarayotgan Konte Evro–2016 turniridan so`ng yangi jamoasiga o`tadi.

Konte hisob bo`yicha “Chelsi”ni boshqargan beshinchi italiyalik murabbiy hisoblanadi. Undan oldin Janluka Vialli, Klaudio Raneri, Karlo Anchelotti va Roberto Di Matteo kabi italiyalik mutaxassislar “nafaqaxo`rlar”ni boshqargan.

Шарҳлар

APL. "Chelsi" o`z maydonida yirik hisobda g`alaba qozondi, "Manchester Siti" esa safarda uch ochkoga ega bo`ldi

23.10.2021, 23:39

Angliya Premer-ligasining 9-turida “Chelsi” o`z maydonida “Norvich”ni qabul qildi. Londonda kechgan bahsda mezbonlar 7:0 hisobida g`alaba qozondi va ochkolari sonini 22taga etkazib olgan holda peshqadamlikni davom...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
“PSJ” Mbapppe uchun qancha maosh berishi ochiqlandi

15.10.2021, 11:47

Fransiyaning “PSJ” klubi hujumchi Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma imzolashdan umidvor.  AS xabar tarqatishicha, parijliklar Mbappega yiliga 50 million evro maosh berishga tayyor. O`z navbatida...