my5
Sevimli

O`zbekiston Paralimpiya delegasiyasi Toshkentga qaytib keldi(video)

Sport 06.09.2021, 19:40
O`zbekiston Paralimpiya delegasiyasi Toshkentga qaytib keldi(video)

.Bugun, 6 sentyabr kuni O`zbekiston Paralimpiya delegasiyasi Toshkentga qaytib keldi. Olimpiada ishtirokchilari bir necha daqiqa oldin Toshkentdagi aeroportlardan biriga qo`ndi. Ayni damda ularni tantanali kutib olish marosimi bo`lib o`tmoqda.

Ma`lumot uchun, kecha, 5 sentyabr kuni Tokioda XVI Paralimpiya o`yinlari yakunlandi, unda O`zbekiston sportchilari 19 ta medal - 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo`lga kiritdi.

O`zbekistonlik paralimpiyachilar engil atletika (5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza), dzyudo (2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza), taekvondo (1 ta oltin medal), pauerlifting (1 ta kumush medal) va suzish (2 ta bronza medali) kabi sport turlari bo`yicha ajralib turdilar.  

Bu O`zbekiston paralimpiyachilariga umumjamoa hisobida 16 -o`rinni egallash imkonini berdi. Bizning jamoa Osiyo va MDH mamlakatlari terma jamoalari orasida 4-o`rinni egalladi, Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo`ldi.

O`zbekistonlik sportchilar 2016 yilda Rioda bo`lib o`tgan Paralimpiya o`yinlaridagi rekordini takrorlashdi va yana bir bor 16 -o`rinni egallashdi.

Eslatib o`tamiz, Tokiodagi musobaqalarda O`zbekiston 48 nafar sportchi bilan qatnashdi. Paralimpiya o`yinlarida lisenziya olgan 162 ta terma jamoadan jami 4 403 nafar sportchi ishtirok etdi.

Шарҳлар