Avvalroq, yozgi Parlimpiya o`yinlari ishtirokchilarini kutib olish marosimi bo`lib o`tayotganini ma`lum qilgandik. Ular hozirda avtobuslarda Amir Temur xiyoboni orqali “Yangi O`zbekiston” bog`iga yo`l oldi. Bu haqda "Yangi O'zbekiston" ma`lum qildi.
Ma`lumot uchun, O`zbekistonlik paralimpiyachilar engil atletika (5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza), dzyudo (2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza), taekvondo (1 ta oltin medal), pauerlifting (1 ta kumush medal) va suzish (2 ta bronza medali) kabi sport turlari bo`yicha ajralib turdilar.
O`zbekistonlik sportchilar 2016 yilda Rioda bo`lib o`tgan Paralimpiya o`yinlaridagi rekordini takrorlashdi va yana bir bor 16 -o`rinni egallashdi.