Avval xabar qilganimizdek, Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Evgeniy Zinichev xizmat vazifasini bajarayotgan paytda fojiali halok bo`ldi.
O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshlig`i Tursinxon Xudaybergenov Rossiya Federasiyasining fuqarolik mudofaasi, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish vaziri Evgeniy Zinichevning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar bermoqda.
"Yo`qotish dardini Evgeniy Zinichevning qarindoshlari va do`stlari bilan birgalikda baham ko`ramiz. Bu motamli soatda ularga samimiy ta`ziyamizni etkazishingizni so`raymiz". - deyiladi Rossiya qutqaruv bo`limiga yuborilgan maktubda.
Ma`lumot uchun, Zinichev Dudinka shahriga Krasnoyarsk o`lkasi gubernatori Aleksandr Uss bilan birga yangi o`t o`chirish punkti qanday qurilayotganini tekshirish uchun kelgan. O`sha joyga suratga olish uchun kelgan RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan o`z telegram kanalida voqea tafsilotlarini yozib qoldirgan. Uning yozishicha, vazir va operator jarlik chetida turishgan, operator sirg`alib suvga tushib ketgan. Zinichev uni qutqarish uchun yuguradi va chiqib turgan toshga uriladi. Shu tarzda operator ham vazir ham vafot etishgan.