Termiz shahrida muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro S.I. firibgarlik yo`li bilan fuqaro O.ga kam ta`minlangan oilalar uchun qurilgan uy-joydan olib berish evaziga 5 100 AQSh dollarini, fuqarolar B. va S.larni o`qishga va ishga kiritib qo`yish evaziga 2 500 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi, shuningdek bank muassasasidan fuqaro G.ning nomiga 30 mln so`m imtiyozli kredit olishga erishib, o`zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.