my5
Sevimli

Koronavirusga qarshi emlashga to`sqinlik qiluvchi holatlar ma`lum qilindi

Salomatlik 13.09.2021, 12:27
Теглар: koronavirus, emlash
Koronavirusga qarshi emlashga to`sqinlik qiluvchi holatlar ma`lum qilindi

Covid-19ga qarshi emlashga monelik qiluvchi holatlar nimalardan iborat?

Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo`lim boshlig`i Dilorom TURSUNOVAdan javob berdi:

— Butun dunyoda koronavirus pandemiyasiga qarshi eng samarali chora vaksinasiya ekani so`zsiz tan olingan.  Shunga qaramasdan, emlash jarayonlarida xushyorlikni yo`qotmaslik, emlanuvchilar vaksina olishdan avval tegishli tibbiy ko`riklardan o`tishlari lozimligi bot-bot takrorlanmoqda.

 Yurtimizdagi emlash jarayonlarida sog`liqni saqlash sohasidagi xalqaro tashkilotlarning tegishli tavsiyalariga asosan fuqarolar tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, emlashga monelik qiluvchi holatlar bo`lganda tegishli choralar ko`rilmoqda:  

Bunday holatlarga quyidagilar kiradi:

  • vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi bo`lgan shaxslar;
  • anamnezida og`ir allergik reaksiyalari bo`lgan shaxslar;
  • o`tkir yuqumli va yuqumsiz xastaliklar bilan kasallanganlar; 
  • homilador va emizuvchi ayollar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi to`g`risida ma`lumot etarli emasligi sababli);
  • 18 yoshgacha bo`lgan bolalar;
  • OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar (vaksinaning ushbu kontingentga  xavfsizligi to`g`risidagi ma`lumot etarli bo`lmagani sababli);
  •  koronavirus infeksiyasining o`tkir shakli simptomlari bo`lgan bemorlar;
  • laboratoriyada “COVID-19”ga topshirilgan PZR tekshiruv testi musbat natija bergan shaxslar.

"COVID-19 infeksiyasini yuqtirgan kishi bilan aloqada bo`lgan odam tibbiyot muassasasida davolanayotgan bo`lsa, tuzalgandan keyin 3 oydan so`ng emlanishi maqsadga muvofiq. Emlashga bo`lgan barcha turdagi moneliklar emlash punktlarida ro`yxatga olinadi", — deydi shifokor.

Шарҳлар

O`zbekistonda koronavirusga chalinishning kunlik ko`rsatkichi 400 dan oshdi

16.10.2021, 10:18

2021 yil 15 oktyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 180566 (+404) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining:3 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,17 nafari Andijon viloyatida,11...
O`zbekistonda koronavirusga chalinish ko`rsatkichi pasaymoqda

14.10.2021, 11:09

O`zbekistonda koronavirusga chalinish ko`rsatkichi pasaymoqda. SSVning xabar berishicha kecha O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 350 nafardan kamayib, yana 380 nafarga yaqin kishi kasallikdan to`liq...
Koronavirusdan o`lgan shifokorning oilasiga pul to`lab berilmayotgani SSV nazoratiga olindi

14.10.2021, 10:56

Internet nashrlaridan birida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish ishlariga jalb etilgan tibbiyot xodimini ijtimoiy va moddiy qo`llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan ajratilgan maxsus qo`shimcha pul mablag`i o`z...
Oʻzbekistonda 400 nafardan kamroq fuqaro koronavirus bilan kasallandi

13.10.2021, 11:35

Kecha O`zbekistonda 385 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi, 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.Qayd etilishicha, 2021 yil 12 oktyabr holatiga...