my5
Sevimli

BAA Qirg`izistonda Islom akademiyasini quradi

Dunyo 14.09.2021, 10:41
Теглар: Qirg`iziston, BAA, Islom akademiyasi
BAA Qirg`izistonda Islom akademiyasini quradi

Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakat muftiysi Zamir Rakiev bilan uchrashuv o`tkazdi, unda mafkuraviy xavfsizlik, dinlararo bag`rikenglik va diniy ta`lim masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Regnum AA ga asoslanib O`zbekiston musulmonlar idorasi xabar bermoqda.

Qirg`iziston Prezidenti ekstremistik g`oyalar tarqalishining oldini olish maqsadida diniy ta`lim va tarbiya sifatini akademik darajada oshirish zarurligini alohida ta`kidlagan.

"Bu yo`nalishda musulmonlar diniy idorasining o`rni juda muhim. Mamlakat xalqi madaniyatlarining birligi va xilma-xilligini asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatni birlashtirish borasidagi ishlarni mustahkamlash zarur", - deb ta`kidlaydi Prezident.

Shuningdek, Japarov Chuy viloyatidagi To`qmoq shahrida Islom Akademiyasi qurilishi Birlashgan Arab Amirliklarining shayx Zayd bin Sulton Al-Nahayyon xayriya va gumanitar jamg`armasi ko`magida amalga oshirilayotganini ham aytib o`tgan.

Akademiya qurilishi uchun ikki gektar er ajratilgan. Ta`lim muassasasiga 200 ga yaqin o`quvchi qatnashi taxmin qilingan. Ma`lum bo`lishicha universitet talabalarni aralash magistratura va doktorantura dasturiga tayyorlaydi. Akademiya talabalari nafaqat diniy, balki dunyoviy ta`lim olish imkoniyatiga ega bo`ladi, bu esa diniy fanlarni chuqur o`rganishni o`z ichiga oladi.

"Islom Akademiyasi qurilishida hamkorlik to`g`risidagi bitim 2019 yilda BAAda imzolangan", deyiladi xabarda.

Шарҳлар

Qirg`iziston va Tojikiston prezidentlari ham Shavkat Mirziyovni saylovdagi g`alabasi bilan tabrikladi

25.10.2021, 19:00

25 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. Qirg`iziston etakchisi...
Senat raisi Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashdi

23.09.2021, 09:53

Joriy yil 21 sentyabr kuni Senat Raisi T.Narbaeva Qirg`izistonga rasmiy tashrifi doirasida Prezident Sadir Japarov bilan uchrashdi.Bu haqda Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.Qirg`iziston...
Bugun Senat Raisi boshchiligidagi delegasiyaning Qirg`izistonga tashrifi kutilmoqda

21.09.2021, 10:51

2021 yil 21 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbaeva boshchiligidagi delegasiyaning Qirg`iz Respublikasi (Bishkek shahri)ga rasmiy tashrifi bo`lib o`tadi. Bu haqda Senat...
Fuqaroni Qirg`iziston oliygohiga o`qishga kiritib, keyin O`zbekistonga ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

03.08.2021, 17:45

Fuqaroni Qirg`iziston oliygohiga o`qishga kiritib, keyin O`zbekistonga o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, fuqaro E.E....