AsosiyMadaniyat

Bursa 2022 yilda Turkiy davlatlarning madaniy poytaxti etib tasdiqlandi

'Bursa 2022 yilda Turkiy davlatlarning madaniy poytaxti etib tasdiqlandi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 13–21 sentyabr kunlari Toshkent, Xiva va Nukus shaharlarida an`anaviy  Madaniy meros haftaligi doirasida  bir qator  tadbirlar o`tkaziladi.

Jumladan,  ayni paytda  Xiva shahrida  “Markaziy Osiyo dunyo sivilizasiyalari chorrahasida” nomli xalqaro madaniy forum bo`lib o`tmoqda. 

Bugun Xivada TURKSOY xalqaro tashkiloti doimiy kengashining 38-majlisi boshlandi. Unda O`zbekiston, Qozog`iston, Turkiya, Turkmaniston, Ozarbayjon va Qirg`iziston davlatlarining madaniyat vazirlari ishtirok etmoqda. 

Barcha madaniyat vazirlari va Turkiy kengash, Turksoy kengashi bosh kotiblari ishtirokida o`tgan yig`ilishda Turkiyaning Bursa shahri-Turkiy davlatlarning madaniy poytaxti sifatida bir ovozdan tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar