Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Rossiyaning Sputnik V vaksinasini tasdiqlash jarayonini to`xtatdi. Bu haqda JSSTda ishlaydigan Panamerika sog`liqni saqlash tashkiloti direktori yordamchisi Jarbas Barbosa ma`lum qildi, deya yozmoqda TASS.
"Sputnik V vaksinasini tasdiqlashga kelsak, bu jarayon to`xtatildi, chunki vaksina ishlab chiqariladigan zavodlardan birida tekshiruv o`tkazilganda, bu zavod yangi ishlab chiqarish amaliyotiga mos kelmasligi aniqlandi", degan Barbosa koronavirusga bag`ishlangan matbuot brifingida.
U shuningdek, Rossiya vaksinasini ishlab chiqaruvchilar zarur choralarni ko`rmaguncha va yangi tekshiruv o`tkazmaguncha tasdiqlash jarayoni to`xtatilganini ta`kidladi.
Rossiya dunyoda birinchi bo`lib Sputnik V vaksinasini 2020 yil 11 avgustda ro`yxatdan o`tkazdi. Rossiya dori vositasini tasdiqlash uchun ariza JSSTga shu yilning yanvar oyi oxirida topshirilgan. Uni ro`yxatdan o`tkazish vaqti hozircha noma`lum. Vaksinalarning samaradorligi 91,6% ekanini etakchi tibbiy jurnal The Lancetda e`lon qilingan.