AsosiySport

25 sentyabr kuni O`FAning navbatdagi hisobot-saylov Kongressi o`tkaziladi

'25 sentyabr kuni O`FAning navbatdagi hisobot-saylov Kongressi o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston futbol assosiasiyasi Ustaviga asosan joriy yil 25 sentyabr kuni soat 14:30da Toshkent shahri, Olmazor ko`chasi, 6-uy manzilida joylashgan O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi majlislar zalida O`FAning navbatdagi hisobot-saylov Kongressi bo`lib o`tadi. Bu haqda O`FA Matbuot departamenti xabar berdi.

O`FAga a`zo tashkilotlar tomonidan jami 24 nafar nomzod lavozimlar kesimida kelib tushdi. O`FA Saylov qo`mitasi tomonidan amalga oshirilgan hisob-kitob natijalariga ko`ra, nomzodlarning quyidagi ro`yxati shakllantirildi. Jumladan:

O`FA Prezidenti lavozimiga:

  • Azizov Abdusalom Abdumavlonovich

O`FA Birinchi vise-prezidenti lavozimiga:

  • Irmatov Ravshan Sayfiddinovich

O`FA Vise-prezidenti (2ta) lavozimlariga:

  • Ikramov Azizbek Isroilovich
  • Usmanov Jaxangir Mirabrorovich
  • Abdullaev Mehriddin Razzoqovich
  • Zikriyaev Raxmiddin Egamovich
  • Isroilov Shoakrom Xolmatovich
  • Karimov Dilshod Murodjanovich

Ijroiya qo`mita (9 ta) a`zoligiga:

  1. Mirobidova Edita Lukmanovna
  2. Abduvaxitov Abdujabbor Abdusattarovich
  3. Isoqov To`lagan O`lmasovich

Qolgan 13 ta nomzod O`FA Ustavining 30-moddasi 3 bandiga asosan kamida 3 ta a`zo tashkilot tomonidan qo`llab-quvvatlanmaganligi sababli ro`yxatga kiritilmadi.

O`zbekiston futbol assosiasiyasining navbatdagi hisobot-saylov Kongressi kun tartibi:

1.) O`zbekiston futbol assosiasiyasining 2021 yil 19 iyunda o`tkazilgan navbatdan tashqari Kongress bayonini tasdiqlash.

2.) O`zbekiston futbol assosiasiyasining tasdiqlangan Ustaviga asosan mustaqil qo`mitalar va yurisdiksiya organlarining faoliyatini samarali tashkil etish to`g`risida.

3.) Moliyaviy hisobot va yillik hisobotni o`z ichiga olgan yillik auditorlik hisobotni tasdiqlash.

4.) O`zbekiston futbol assosiasiyasi faoliyati to`g`risidagi hisobot.

5.) O`zbekiston futbol assosiasiyasi Prezidenti, Vise-prezidentlari va Ijroiya Qo`mita a`zolarini saylash

    Boshqa yangiliklar