«Navbahor» klubi bosh murabbiyi maslahatchisi Samvel Babayanga PFL tomonidan chora ko`rildi.
«Superliga 17-turi doirasidagi «Navbahor» - OKMK o`rtasidagi uchrashuv davomida “2021 yilgi mavsumda O`zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o`tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 18.20-bandini buzganligi uchun O`zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo`mitasi 2021 yil 10 sentyabr kungi 17-sonli qarori bilan Samvel Babayanga nisbatan jarima intizom chorasini qo`llagan edi.
Shunga qaramay, Samvel Babayan Superliga 18-turi doirasidagi «Paxtakor» — «Navbahor» futbol klublari ishtirokidagi uchrashuv davomida ham texnik zona uchun amalda bo`lgan Reglament talablarini qo`pol ravishda buzdi hamda O`zPFL komissariga nisbatan bepisand muomalada bo`ldi.
Shundan kelib chiqib, O`zbekiston Professional futbol ligasi «Navbahor» mutaxassisi Samvel Babayanning Superliga 19-turidan o`rin olgan «Turon» – «Navbahor» o`yini vaqtida texnik zonada harakatlanishiga nisbatan cheklov qo`yadi va uning lisenziyasini 1 ta tur uchun bekor qiladi.
Shuningdek, Samvel Babayanga nisbatan belgilangan jarima to`lovi to`liq to`lab berilmaguniga qadar, u O`zPFL bayrog`i ostida o`tadigan musobaqalarda texnik zonaga kiritilmaydi», - deyiladi PFL xabarida.
Eslatib o`tamiz, avvalroq «Metallurg» bosh murabbiyi Jasur Abduraimov reglament talablarini ikki qayta buzgani uchun shunday jazoga loyiq ko`rilgandi.