my5
Sevimli

Toshkentda imtiyoz asosida fuqarolarga xonadon olib berishni va`da qilgan MChJ rahbari fosh bo`ldi

Jinoyat 17.09.2021, 10:58
Теглар: firibgar, MChJ rahbari
Toshkentda imtiyoz asosida fuqarolarga xonadon olib berishni va`da qilgan MChJ rahbari fosh bo`ldi

Imtiyozli shartlar asosida fuqarolarga xonadon olib berishni va`da qilgan MChJ rahbari va boshqalarning kirdikorlari fosh bo`ldi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament buni ma`lum qildi.

Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.” MChJ rahbari U.G., yordamchisi R.D. va boshqalar noqonuniy boylik orttirish maqsadida, turli xil tadbirlar o`tkazish yo`li bilan fuqarolarning ishonchini suiiste`mol qilib, go`yoki ular rahbarlik qilayotgan MChJ orqali ko`p qavatli turar-joy binosini qurishda ulushli ishtirok etish to`g`risida yuzaki “fiktiv” shartnomalar tuzib, xonadonlarni imtiyozli shartlar asosida olib berishni va`da qilib, 31 nafar fuqaroning 25 000 AQSh dollari va 291 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda", – deyiladi xabarda.

Шарҳлар

Iqtisodiyot universitetiga o`qishga kiritish uchun 2 900 dollar olgan firibgar qo`lga olindi

05.08.2021, 16:52

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabariga ko`ra,  Yunusobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tadbirda, fuqaro Sh.A. boshqa bir fuqaro bilan oldindan til biriktirib, fuqaro X.ga Qozog`iston Respublikasi...
Fuqaroni Qirg`iziston oliygohiga o`qishga kiritib, keyin O`zbekistonga ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

03.08.2021, 17:45

Fuqaroni Qirg`iziston oliygohiga o`qishga kiritib, keyin O`zbekistonga o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, fuqaro E.E....
5 000 dollar evaziga Jismoniy tarbiya universiteti filiallaridan biriga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan talaba va uning sherigi qo`lga tushdi

28.07.2021, 17:20

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.Bag`dod tuman bo`limi tomonidan DXXning Farg`ona viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirdan  ma`lum bo`lishicha, Qo`qon pedagogika instituti...
Pora evaziga O`zbekistonga o`qishini ko`chirmoqchi bo`lgan talaba orzusi chippakka chiqdi

17.07.2021, 17:11

Kuni kecha Qozog`iston universiteti talabasining o`qishini O`zbekistonga ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu hada Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi. Ma`lum bo`liicha, Jarqo`rg`on tuman bo`limi...