my5
Sevimli

Jizzaхda 140 million so`mlik dorilarni noqonuniy sotganlar qo`lga olindi

Jinoyat 17.09.2021, 12:45
Теглар: Dori
Jizzaхda 140 million so`mlik dorilarni noqonuniy sotganlar qo`lga olindi

Jizzaхda 140 million so`mlik dorilarni noqonuniy sotganlar qo`lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda ma`lumot berdi.

Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.F. pandemiya sharoitida aholining iste`mol talabi yuqori bo`lgan dori vositalarini  qimmat narxlarda sotish orqali daromad orttirishni ko`zlab, fuqaro X.ga xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo`lmagan 206 dona “DESREM Remdesivir for injection” dori vositasining har bir qutisini 680 ming so`mdan hisoblab jami 140 mln so`mga sotgan vaqtida ushlanib, undan umumiy bahosi 179,3 mln so`mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.

Шарҳлар

Yangihayotda qariyb 118 million so`mlik dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritganlar aniqlandi

06.09.2021, 11:28

Yangihayot tumanida dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Yangihayot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor...
Toshkentda noqonuniy dori sotayotgan erkak qo`lga olindi

08.03.2021, 14:35

Toshkent shahri Olmazor tumanida 150 million so`mga noqonuniy dori sotayotgan erkak qo`lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, Bosh prokuratura...
Dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo`lgan urinish fosh bo`ldi

12.10.2020, 20:38

Dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo`lgan urinish fosh bo`ldi. Bu haqda Davlat Bojxona qo`mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda. Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona...
Bekobodda onkologiya dori vositalarini ishlab chiqaradigan zavod ochildi

19.11.2019, 14:56

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida 2019 yil 19 noyabr  kuni onkologiya dori vositalarini ishlab chiqaradigan farmasevtika zavodining ochilish marosimi bo`lib o`tdi, deya xabar beradi “O`zmetkombinat” AJ...