my5
Sevimli

Prokuratura “Amirsoy”dagi daraxtkesarlar ishida qonunbuzarlikka yo`l qo`yilganligi haqidagi fikrlarni rad etdi

Jamiyat 17.09.2021, 13:53
Prokuratura “Amirsoy”dagi daraxtkesarlar ishida qonunbuzarlikka yo`l qo`yilganligi haqidagi fikrlarni rad etdi

Bo`stonliq tumanidagi "Amirsoy"  kurort zonasida naqd 700 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlangani haqidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bo`lgan edi. 

Xabarlarda, “Amirsoy”da 700 tup daraxt kesib tashlangani haqida xabar Toshkent viloyat prokuraturasiga bundan 2,5 oy avval kelib tushganligiga qaramay, jinoyat ishi vaziyat jamoatchilik e`tiboriga tushgandan so`ng qo`zg`atilgani prokuratura faoliyatiga nisbatan  shubha ostiga olingan.

Bosh prokuraturaning aniqlanishicha, Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan Bo`stonlik tumani Amirsoy hududida 700 tup mevali va manzarali daraxtlar kesilishi holati yuzasidan to`plangan hujjatlar 30.06.2021 yilda Toshkent viloyati prokuraturasi orqali 13.07.2021 yilda Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga kelib tushgan.

Holat yuzasidan to`plangan hujjatlar Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan o`rganilib, viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan Bosh prokuratura va Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tomonidan imzolangan 15.01.2021 yildagi “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida qonuniylikni ta`minlash bo`yicha hamkorlik to`g`risida”gi Tartib talablariga rioya qilinmasdan, bir qator kamchiliklar bilan yuborilganligi bois, kamchiliklarni bartaraf etish va qayta rasmiylashtirish uchun boshqarmaga 15.07.2021 yilda xat bilan qaytarib yuborilgan.

Shundan so`ng, viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 18.08.2021 yildagi xati va to`plangan hujjatlar to`ldirilgan holda 31.08.2021 yilda viloyat prokuraturaga qayta kelib tushgan va 06.09.2021 yilda Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborilgan. 

Jinoyat-prosessual qonunchilik talablari asosida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, 15.09.2021 yilda holat yuzasidan 10 kunlik muddatdan oshmagan holda, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va bu haqda jamoatchilikka ma`lum qilingan.

" - Yuqoridagilardan shu ko`rinadiki, ushbu holatlarda prokuratura tomonidan qonunlarga og`ishmay rioya qilingan.

Fursatdan foydalanib, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq jurnalist o`zi tayyorlayotgan materiallarining to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi shartligi, 15-moddasiga ko`ra jurnalist o`zi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar hamda materiallarning haqqoniy bo`lishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar ekanligini yana bir karra eslatmoqchimiz.

Mehnati mahsulidan ko`plar xabardor bo`ladigan, boshqalarda ma`lum bir fikr shakllanishiga sababchi bo`lmish jurnalistlar avvalambor surishtiruvlarini oshkor qilishidan oldin, sensasiya qilib, qaysidir bir tashkilot yoki shaxs faoliyatidan nuqson topib o`quvchilari sonini orttirishni o`ylamay, ikki tomonni eshitib, so`rab-surishtirib, tagiga etib, har jihatdan puxta va xolis tayyorlangan axborotlarni tarqatganlari maqsadga muvofiq emasmi?", - deyladi Bosh prokuratura bayonotida.

Шарҳлар