my5
Sevimli

Samarqanddagi xonadonlarning biriga 1 metrli echkiemar kirib qoldi

Jamiyat 17.09.2021, 14:24
Samarqanddagi xonadonlarning biriga 1 metrli echkiemar kirib qoldi

Ishtixon tuman "Beshkapa" MFY Suluvqo`rg`on qishlog`ida yashovchi fuqaro M.Abdullaevaning xonadoniga bo`z echkiemari kelib qoladi. Bu haqda  2021 yil 15 sentabr kuni Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga xabar bergan. 

 Ishtixon tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari joyiga borib holatni o`rganganda O`zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan bo`z echkiemar murojaatchining xonadoniga kelib qolganligi, uning uzunligi taxminan 1 metrligi va holati qoniqarli ekanligi aniqlangan.

 Shundan so`ng, joyida dalolatnoma rasmiylashtirilib, xonadon sohibiga minnatdorchilik bildirib,  kunning ikkinchi yarmida Ishtixon tumanining Ho`jaqo`rg`on dasht hududiga olib borilib, ona tabiat qo`yniga qo`yib yuborilgan.

Шарҳлар