my5
Sevimli

Fransiya hukumati AQSh va Avstraliyadan o`z elchilarini chaqirib oldi

Dunyo 19.09.2021, 12:13
Fransiya hukumati AQSh va Avstraliyadan o`z elchilarini chaqirib oldi

Fransiya hukumati AQSh va Avstraliyadan o`z elchilarini chaqirib oldi. Avvalroq Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Parijga mamlakatning AQSh va Avstraliyadagi elchilarini maslahatlashuv uchun chaqirishini e`lon qilgan edi. Fransiya TIV suv osti kemalari bo`yicha shartnomani bekor qilgani uchun bunday qarorni qabul qilgan.

Oq uy milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Emili Xorn ma`lum qilishicha, yuzaga kelgan vaziyatga qaramay, AQSh administrasiyasi Fransiya hukumati bilan yaqin aloqani davom ettirmoqda va tez orada kelishmovchiliklarni hal qilish bo`yicha ish olib boradi.

Bundan oldin Avstraliya Buyuk Britaniya va AQSh (AUKUS) bilan mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlik qilish bo`yicha kelishuvga erishgan. Shu sababli, Avstraliya hukumati Fransiyaning Naval Group kompaniyasi bilan suv osti kemalarini etkazib berish kelishuvidan chiqishini e`lon qildi. Hujjat 56 mlrd evroga Barracuda sinfidagi 12 ta suv osti kemasini ishlab chiqarishni nazarda tutgan. Fransiya tashqi ishlar vaziri Le Drian bu qarorni «orqaga pichoq urish» deb atadi. Parij Avstraliya va AQShdan tushuntirish kutmoqda.

Шарҳлар